• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dehqonobodda “Obod qishloq” sabab aholi hovli devorlarini ta’mirlashga majbur qilingan

    Dehqonobod tumanining “Obod” qishloq aholisi “Obod qishloq” dasturi sabab aholiga majburiy tarzda hovli devorlarini ta’mirlash talabi qo‘yilayotganidan shikoyat qilmoqda.

    Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi obodliklarning aytishicha, ular yashayotgan “Obod” qishlog‘i dasturga tushgan. “Obod qishloq” davlat Dasturiga ko‘ra, qishloqda 2018-yil mart–aprel oylaridan ta’mirlash ishlari boshlangan.

    “Obod qishloq” bizga qimmatga tushdi. Ko‘cha devorlarimizni ta’mirlash uchun 3–4 million so‘mdan ko‘p mablag‘ sarfladim. O‘zim hech qayerda ishlamayman. Ko‘cha devorimiz toshi bilan turgandi. “Sement qilasan” deyishdi. Ortiqcha mablag‘im yo‘q edi. Agar shu ishlarni bajarmasak, “uylaringni olib qo‘yamiz” deb qo‘rqitishdi. “Devorlaringni buzib tashlaymiz” deyishdi. Qo‘rqqanimizdan qarzga botsak ham devorlarimizni sement qildik”, — deydi Zafar Otamurodov.

    Aholi o‘zi ta’mirlagan uy devorlari.

    Aholi o‘zi ta’mirlagan uy devorlari.
    Foto: “Daryo”

    Aholi vakillarining aytishicha, tuman hokimligi aholiga yordam bo‘lsin degan niyatda arzonlashtirilgan narxda sement olib kelib bergan. “Ammo olib kelingan sement talabga javob bermasligi sabab ham yana o‘zimiz sement sotib olib qo‘shimcha qildik”, — deydi Odil Jumayev.

    Odil Jumayev.

    Odil Jumayev.
    Foto: “Daryo”

    “Uyimiz yonidagi devor toshi bilan turgandi, — deydi Odil Jumayev. — Tuman hokimligidan kelganlar “devorni buzib, qayta quring” deyishdi. “Agar buzmasangiz, o‘zimiz buzib tashlaymiz” dedi. O‘z narxida, arzonlashtirilgan sement olib kelib beramiz deyishsa xo‘p debman-da. Qarz ko‘tarib, 590 so‘mdan ikki tonna sementga pul bergandim. Umuman sifatsiz sement berishgan ekan. Keyin yana o‘zim bozordan 500 kilogramm sement olib kelib, aralashtirib ishlatdim. Chunki sement umuman yaroqsiz ekan”.

    Qishloq ahlining qo‘shimcha qilishicha, hududda “Obod qishloq” davlat Dasturi bo‘yicha ish boshlanganiga bir yil muddat bo‘lgan bo‘lsa-da, haligacha yo‘llar ta’mirlanmagan. O‘rnatilgan 26 ta ko‘cha chirog‘i ham yonmaydi.

    Yonmaydigan chiroqlardan biri.

    Yonmaydigan chiroqlardan biri.
    Foto: “Daryo”

    “Qishlog‘imiz obod qishloqqa tushdi deb quvongandik, — deydi Jasur Egamov. – Erta quvongan ekanmiz. Hech qanday ish bajarilmadi. Ko‘chamizga o‘rnatilgan 26 ta chiroq ham qaqqayib turishdan nariga o‘tmaydi, aqalli birortasi yonsa deng. Yo‘llar har doimgi ahvolidan ham battar holga kelib qoldi. Faqat o‘zimiz yonimizdan xarj qilib, ko‘cha devorlarimizni epaqaga keltirdik, xolos. Boshqa hech qanday ish bo‘lmadi hisob”.

    Aholining ma’lumot berishicha, qishloqda ish boshlanganiga bir yil bo‘lgan bo‘lsa-da, tugallangan ish bir kilometrlik piyodalar yo‘lkasi ekan, xolos.

    Piyodalar yo‘lkasi.

    Piyodalar yo‘lkasi.
    Foto: “Daryo”

    “Ko‘zga ko‘ringan ish piyodalar yo‘lkasi va bolalar bog‘chasi bo‘ldi, — deydi Zafar Otamurodov. – “Obod qishloq” bo‘yicha boshqa ish qilinganini bilmayman. Faqat kelib xalqqa do‘q qilishgani qoldi. “Uyingni tortib olamiz, buldozer bilan buzib tashlaymiz” deyishardi”.

    Yangi qurilayotgan bog‘cha.

    Yangi qurilayotgan bog‘cha.
    Foto: “Daryo”

    Dehqonobod tuman hokimligi mas’ullarining ma’lumot berishicha, qishloqqa “Qizilqum sement” AJ zavodining Qarshi shahrida ochilgan qurilish materiallari savdo do‘konidan imtiyozli narxda 43 tonna sement va 700 dona shifer yetkazib berilgan. Shuningdek, qishloqdagi mavjud 298 ta xonadonning 271 tasi ta’mirlangan. Bir tonna fasad bo‘yoq, 250 kg “kraska”, bir tonna ohak ham yetkazilgan.

    Aholi bilan suhbatlashish uchun qishloqda bo‘lganimizda biror bir joyning ohak qilingani yoki bo‘yalganini ko‘rmaganimiz uchun ham tuman hokimi o‘rinbosari Sohib Samadovdan aytilgan “kraska”, ohak va fasad bo‘yoqlar qayerga ketganini so‘radik. “Hozir yomg‘irli kunlar bo‘lganligi sababli qurilish materiallari QFY raisiga topshirilgan, — deydi Sohib Samadov. — Yog‘ingarchilik kunlar o‘tsa, “kraska” va ohak qilamiz-da. 43 tonna sement va 700 dona shifer esa aholiga imtiyozli narxda berilgan”.

    Foto: “Daryo”

    “Men ham “arzon narxda sement olib kelib beramiz” deyishsa xursand bo‘lib, sotib olibman, — deydi Dilmurod Bo‘tayev. – Afsus bekor olibman. Sifatsiz sement ekan”.

    “Shaxsan menga hech qanday sement yoki shifer berishmagan, — deydi Qorjov Jabborov. – Kelib “devorlaringni ta’mirla” deyishdi. O‘z pulimga bozordan sement olib kelib devorlarimizni ta’mirladim. Qishlog‘imiz “Obod qishloq” dasturiga tushganini his qilmadim. Yo‘llar o‘sha-o‘sha abgor holda. Uyimiz devorlarini o‘z mablag‘imga qilsam. Dasturning nima keragi bor unda?”

    Qorjov Jabborov.

    Qorjov Jabborov.
    Foto: “Daryo”

    Tuman hokimligi taqdim etgan hujjatga ko‘ra, qishloqdagi 2 kilometr 300 metr ichki yo‘lga qum-shag‘al yotqizish kerakligi belgilangan bo‘lib, rejada 1 kilometr 400 metrga joyga qum-shag‘al to‘kilgani qayd etilgan. Qizig‘i, qishloqqa kirib chiqquncha biror metr joyda shag‘al yotqizilganini ko‘rmadik.

    O‘zini Normo‘min Zoirov deya tanishtirgan pensioner otaxonning aytishicha, u kishi tuman hokimi o‘rinbosari Sohib Samadovga 800 metrlik ichki yo‘l umuman talabga javob bermasligini, agar qalin qor yog‘sa aholi texnikasi shu 800 metrlik masofaga umuman chiqolmay qolishi haqida aytib, qishloq obod qilinayotganidan foydalanib, shu yo‘lga ham qum-shag‘al to‘kib berishlarini so‘ragan.

    Foto: “Daryo”

    “Ikkinchi hokimdan (hokim o‘rinbosari nazarda tutilmoqda — tahririyat izohi.) shu yo‘lga ham qum-shag‘al to‘kib berishlarini so‘ragandim. “Biz faqat ko‘rinib turadigan yo‘llarga qum-shag‘al to‘kamiz” – dedi. Ichki yo‘llar panada bo‘lgani uchun bu yo‘llarda hech qanday ish qilishmas ekan”.

    Yana bir ajablanarli holat shuki, rejaga ko‘ra qishloqdan o‘tuvchi yo‘lning 7,2 kilometriga ham qum-shag‘al to‘kish belgilangan bo‘lib, amalda 3,2 km masofaga qum-shag‘al to‘kilgani yozilgan. Biroq kuzatuvlarimizga ko‘ra yo‘l o‘sha-o‘sha o‘nqir-cho‘nqir holatda turibdi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumotlarga ko‘ra, “Obod” qishlog‘ida bugungi kunda 468 ta xonadonda 2 305 nafar aholi istioqmat qiladi. “Obod qishloq” davlat Dasturiga ko‘ra, qishloq obodligiga qarib 7,2 milliard mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

    Xizmat safari davomida aholi so‘ziga quloq tutib, tuman hokimligi vakillarining “Obod qishloq” bo‘yicha, falon ish qilindi, piston ish bitirildi degan balandparvoz gaplarini ham eshitdik. Ammo kuzatganlarimiz hokimiyat vakillari gapining teskarisini ko‘rsatayotgandi. Fikri ojizimizcha, tumandan tashqariga ham xuddi shunday hisobotlar ketayapti. Biroq, haqiqiy ahvol mas’ullar o‘z ishini qay darajada bajarganini ko‘rsatib turardi-da...

    14.02.2019, 14:36   Izoh (0)   27873
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSSTning oliy darajadagi xalqaro sessiyalaridan biriga O‘zbekiston rahbarlik qildi

    14.02.2019, 14:25

    “Yuksalish” umummilliy harakati raisining maqomi vazirga tenglashtirildi

    14.02.2019, 14:25

    Toshkentda Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochiladi

    14.02.2019, 14:10

    2018-yilning IV choragida oziq-ovqat oshishi aholi uchun yuqori ta’sirchan ahamiyatga ega bo‘ldi

    14.02.2019, 13:59

    XTV Olmazor tumanida xususiy maktab qurish uchun bepul yer maydoni taklif qilmoqda

    14.02.2019, 13:36

    O‘zbekistonda “mardikorlar bozori”ni tartibga solishga xizmat qiladigan Job Cafe dasturi ishlab chiqildi

    14.02.2019, 13:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55

    Buxoroda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:45

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Dunyo | 8 avgust, 21:35

    Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:20

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.