Joriy yilda Toshkentda Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti (RKTU) filialini ochish rejalashtirilmoqda. Davlat rahbarining shu bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilgan, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
Filial Sergeli tumanidagi Toshkent moliya-iqtisodiyot kolleji binosiga joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Bu yerda bakalavriat bo‘yicha to‘rt, magistratura bo‘yicha ikki yo‘nalish tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda.
Ta’lim berish Rossiya standartlariga ko‘ra va grant hamda to‘lov-kontrakt asosida yo‘lga qo‘yiladi. Davlat grantida o‘qishni tamomlaganlar taqsimot bo‘yicha respublika ishlab chiqarish-sanoat tarmoqlarida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda ishlab beradi.
Bitiruvchilarga Rossiya namunasidagi diplom beriladi va u O‘zbekiston hududida tan olinadi.
Izoh (0)