Abu Usmon O‘zbekiy Sharqiy Suriyadagi Bagxuz aholi punktida portlovchi moddalar to‘ldirilgan mashinani portlatib yubordi. Bu haqda Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi xabar bermoqda.
IShID jangarilariga ko‘ra, portlash oqibatida xalqaro koalitsiya qo‘llab-quvvatlayotgan “Suriya demokratik kuchlari”ga mansub bir necha arab va kurd jangchisi halok bo‘ldi hamda yaralandi. Shuningdek, ularning texnikasi ham shikastlangan.
Xalqaro koalitsiya tomonidan IShIDning Dayr az-Zavr viloyatidagi oxirgi anklavi to‘xtovsiz bombardimon qilinayotgan va artilleriya zarbalari berilayotganiga qaramay, jangarilar qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda.
Hududni tozalash ishlarini bu yerda bir necha ming tinch aholi vakili va jangarilar oilalari borligi murakkablashtirmoqda. Biroq janglar orasida tanaffus bo‘lganida hududni tark etishni istaganlar bu imkoniyatdan foydalanmoqda. Jumladan, 12-fevral kuni Bagxuzni mingga yaqin kishi, asosan ayollar va bolalar tashlab chiqdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)