O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Ushbu qo‘shimchalarga muvofiq, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga kiritildi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Ushbu qo‘shimchalar 2019-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Izoh (0)