2018-yilda O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq yong‘in sodir bo‘lib, 50 nafarga yaqin odam is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi.
O‘zAga ko‘ra, bu statistik raqam IIV Yong‘in xavfsizligi institutida “Aholi turar joylarida yong‘inlar profilaktikasi va fuqarolarning is gazidan zaharlanishning oldini olish masalalari” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda ta’kidlandi.
Shuningdek, mazkur anjuman doirasida institut xodimlari va kursantlari yong‘in o‘chirish texnikalarining hamda aholi yashash uylari va maskanlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etishga oid ko‘rgazma tashkil etildi. Nafas olishga yaroqsiz muhitda foydalaniladigan apparatlarning o‘ziga xos taktik-texnik xususiyatlari ko‘rsatildi.
Institut hududida joylashgan ruhiy tayyorgarlik yo‘lakchalarida mavjud snaryadlardan o‘tish, o‘quv minorasida o‘zini-o‘zi qutqarish hamda ishg‘ol qilish narvoni bilan 4-qavatga ko‘tarilish, yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha jangovar yoyilish, qo‘l jangi mashqlari namoyish qilindi.
Izoh (0)