O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Yan Bori bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, uchrashuvda turli sohalardagi O‘zbekiston—Slovakiya muloqotining hozirgi holati muhokama qilinib, 2019-yil ikki tomon hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga asosiy urg‘u berildi.
Shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlar, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha idoralararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.
O‘tgan yilning 27—28-fevral kunlari Budapesht shahrida “Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo” shaklidagi birinchi mintaqalararo vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.
O‘zbekiston tomoni ushbu shakldagi ikkinchi uchrashuv Toshkent shahrida tashkil etishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Izoh (0)