Italiyaning Sardiniya orolida fermerlar sutning narxi juda pastligidan norozi bo‘lib, ming tonnalab qo‘y sutini yo‘lga to‘kishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Fermerlar sutning narxini bir litr uchun 50 yevrotsentdan 70 yevrotsentgacha oshirishni talab qilmoqda. Aks holda, sut ishlab chiqarish uchun qoramolni orttirishning foydasi yo‘qligini aytmoqda. Fermerlarning norozilik namoyishi sababli, mahalliy futbol jamoasi “Kalyari” Milanga uchib keta olmadi.
“Har bir fermer o‘n bittadan sigir boqadi! Bizga hech kim yordam bermaydi, ammo biz hammani sut bilan ta’minlaymiz”, — dedi namoyish ishtirokchilarida biri.
Ular toki talabi bajarilmaguncha mashina yo‘llarga sutlarni to‘kishda davom etmoqchi.
“Yoki vaziyat o‘zgaradi, yoki biz sut oqizishda davom etamiz. Bunday arzon narxda sut sotmoqchi emasmiz. Mahsulotlarimizning narxi hali bu darajada arzon bo‘lmagan edi”, — dedi fermerlardan biri.
Izoh (0)