• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eron inqilobiga 40 yil to‘ldi. Bu qanday bo‘lgan edi?

    1979-yil 11-fevral kuni Eronda davlat to‘ntarishi oqibatida shoh Muhammad Rizo Pahlaviy taxtdan ag‘darildi va Eron respublika deb e’lon qilindi. Bu voqea tarixga Eron inqilobi nomi bilan kirdi. Har yili Eronda ushbu sana munosabati bilan turli xil tadbirlar va tantanalar bo‘lib o‘tadi. Bu yil ushbu inqilobga 40 yil to‘ladi. Shu sana munosabati bilan “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov o‘sha voqealar tarixiga nazar tashlaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Inqilob shabadalari

    1953-yili Muhammad Rizo Pahlaviy Eronda 1941-yilda Britaniya va SSSR tomonidan ag‘darilgan otasi Rizo Shoh Pahlaviy hokimiyatini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakatni boshqarib turgan millatchi bosh vazir Muhammad Musoddiq hukumati MRB, SIS (Buyuk Britaniya maxfiy xizmatlari) va “Ayaks” operatsiyasi yordamida ag‘darib tashlandi va shoh hokimiyati qayta tiklandi. Shoh Rizo Pahlaviy AQSh bilan iliq munosabatlarni saqlab qolishga harakat qildi, biroq uning hukumati korrupsiya va SAVAK (Eron milliy politsiyasi) tashkilotining repressiv faoliyati tufayli juda ko‘p tanqidlarga uchradi. Bu esa Eronda norozilik namoyishlari va xalqaro hamjamiyat vakillari orasida e’tirozlarni keltirib chiqardi.

    Muhammad Rizo Pahlaviy rafiqasi bilan. Foto: Google Photos

    Muhammad Rizo Pahlaviy rafiqasi bilan. Foto: Google Photos

    Shoh hukmronligi yillarida Eron jamiyatining ko‘plab jabhalarida kuchli siyosiy muxolifat shakllandi. Bunda asosan dindorlar asosiy rolni o‘ynadi. Shoh esa muxolifat vakillarini qattiqqo‘llik bilan ta’qib qilishda davom etdi.

    Diniy muxoliflar liderlaridan biri Oyatulloh Humayniy shoh hokimiyatini mustabid tuzum deb e’lon qildi. 1964-yilda Humayniy hibsga olindi va surgun qilindi, natijada uning tarafdorlari norozilik aksiyalarini kuchaytirib bordi. Shoh bunga qattiqqo‘llik bilan javob berdi. Namoyishchilar hibsga olindi, bir qismi otib tashlandi. Qurbonlarning aniq soni hozirgacha ma’lum emas; hukumat ularning sonini 86 nafar deb bergan bo‘lsa-da, ular mingdan oshishi mumkinligi aytiladi. 1963–1967-yillarda Eron iqtisodiyoti neft narxining oshishi va po‘lat eksportining ortishi natijasida ancha rivojlandi, lekin, shu bilan birga, inflyatsiya ham o‘sib bordi.

    Oyatulloh Humayniy. Foto: Wikipedia

    Oyatulloh Humayniy. Foto: Wikipedia

    Diniy muxolifatning yoniga kichik biznes egalarining qo‘shilishi shohga yangi choralarni o‘ylab topish majburiyatini qo‘ydi. Buning uchun islomning Eron ijtimoiy hayotidagi rolini pasaytirishga harakat qildi. Bunga u Eronning islomgacha bo‘lgan madaniyatini islom bilan almashtirish orqali erishmoqchi bo‘ldi. 1976-yilda u Eronda yil boshini hijriy taqvimdan Kurush II ning taxtga chiqish sanasiga o‘zgartirdi. Bir paytning o‘zida marksizm va islom nashrlari qattiq senzura ostiga olindi. Shohning bunday islohot siyosati “oq inqilob” nomini oldi.

    Eronda inqilobgacha bo‘lgan sharoit

    Eronning eng kambag‘al qismi bir paytning o‘zida eng dindor va xorij ekspansiyasiga eng ko‘p qarshi bo‘lgan qismi edi. Kambag‘allar asosan qishloq aholisi yoki Tehron kabi katta shaharlarning qoloq mahallalarida yashaydigan aholi vakillaridan tashkil topgan edi. Ularning ko‘pchiligi oldingi hayot tarziga o‘tishni xohlar edi. Bundan tashqari, shoh “oq inqilob” davrida islohotlar haqida bergan va’dalar bajarilmasdan qolib ketdi. Jumladan, agrar sohadagi islohotlar oqsashi shia guruhlari hamda katta yer egalarining noroziligiga sabab bo‘ldi.

    Bundan tashqari, shohning taxtga chiqqanidan keyingi yillar uning mavqei xavf ostida qoldi. Buning bir nechta sababi bor edi. Birinchidan, uning G‘arb bilan juda yaqin aloqalari; ikkinchidan, “oq inqilob” davrida amalga oshmagan islohotlar; uchinchidan, korrupsiya; to‘rtinchidan, avtoritar hokimiyat. Ayniqsa uning SAVAK deb nomlangan maxfiy politsiya tashkiloti (bu tashkilot, keyinchalik VEVAK deb qayta nomlandi).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shunday sharoitda Eronda shoh hukumatiga qarshi katta muxolifat shakllana boshladi. Uning tarkibiga uchta yo‘nalishdan iborat dunyoviy va demokratik muxolifat ham shakllandi:

    • Faxriy Musoddiqchilar va liberal ziyolilardan iborat Milliy front guruhi;
    • Kichik guruhlardan iborat so‘lchilar (Eron xalq mujohidlar tashkiloti) ;
    • Asosan ishchilardan iborat Eron kommunistik partiyasi.
    1971-yilda shoh Fors imperiyasi tashkil topganining 2500 yilligini nishonlash haqida farmon chiqardi. Bayram tantanalari Persepolis shahrida 600 xorijlik mehmon qarshisida uch kun davomda bo‘lib o‘tdi. Bayram qatnashchilari ahamoniylar davriga xos liboslarda namoyon bo‘ldi. Gazetalar shohning sha’niga aytilgan maqtovlarga to‘lib ketdi.

    Ilk namoyishlar

    1977-yilda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Jimmi Karter inson huquqlari va siyosiy erkinlik borasidagi bosimi natijasida mamlakatda 300 dan ortiq siyosiy mahbus ozod qilindi, senzura cheklandi va sud tizimi isloh etildi. Karter, shuningdek, jamoat tashkilotlari yaratish hamda matbuotga erkinlik berish masalasida ham bosim o‘tkazdi.

    Oyatulloh Humayniy va Mahdi Bozargon. Foto: Regnum

    Oyatulloh Humayniy va Mahdi Bozargon. Foto: Regnum

    Dastlabki muxolif harakat Mahdi Bozargon boshchiligidagi “Eron ozodlik harakati” guruhi tomonidan olib borildi. Liberal, dunyoviy va Muhammad Musoddiqning Milliy frontiga yaqin bo‘lgan ushbu guruh Eronda va mamlakat tashqarisida, asosan G‘arbda tezlik bilan qo‘llab-quvvatlanishga erishdi.

    Eronda Humayniydan oldin shohning eng mashhur muxolifi Ali Shariatiy edi. 1977-yilda Londonda Ali Shariatiy o‘ldirib ketildi. Natijada noroziliklar yanada kuchayib ketdi. Shunday vaziyatda Humayniy inqilobning asosiy figurasiga aylandi. Ruhoniylar jamoasi ikkiga bo‘linib ketdi. Ba’zilari dunyoviychilar safiga qo‘shilgan bo‘lsa, ayrimlari marksistlar safiga o‘tib ketdi. Iroqda surgunda yurgan Humayniy esa tuzumning tugatilishi va diniy hokimiyat qurish uchun kurashayotgan muxolifat guruhiga boshchilik qila boshladi. 1977-yil oxirida Humayniyning o‘g‘li Mustafo Humayniy o‘ldirib ketildi; Humayniy bunda shoh maxfiy politsiyasini aybladi.

    Ali Shariatiy. Foto: “Persons.com”

    Ali Shariatiy. Foto: “Persons.com”

    Eron muxolif guruhlari asosan mamlakat tashqarisidan, ya’ni London, Parij, Iroq va Turkiyadan turib harakat qilardi. Muxolifat liderlarining nutqlari mamlakat ichkarisida keng yoyila boshladi.

    Inqilob xavfi oldida shoh AQShdan yordam olishga qaror qildi. Eron AQShning mintaqadagi siyosatida muhim strategik ahamiyat kasb etardi. Shuningdek, u SSSRning Yaqin Sharqqa kirishiga asosiy to‘siq hisoblanardi. Shu sababdan AQSh shoh rejimini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. AQSh bundan oldin ham — 1953-yilda shohga Ayaks operatsiyasini tashkillashtirish va moliyalashtirish orqali yordam bergan edi.

    Kurashning boshlanishi

    1978-yilgacha muxolifatning asosiy qismini shaharlik o‘rta tabaqa vakillari tashkil qilardi. Ularning bir qismi konstitutsion monarxiyani yoqlardi. Islomiy guruhlar ularni shohga qarshi birlashishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi.

    Oyatulloh Humayniyning yoshligi. Foto: Wikipedia

    Oyatulloh Humayniyning yoshligi. Foto: Wikipedia

    1978-yilning yanvar oyida rasmiy matbuot Humayniy shaxsini qoralovchi xabarlar tarqatdi. Talabalar va diniy rahnamolar ushbu xabarlarga qarshi Qum shahrida norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Politsiya ko‘chalarga chiqib namoyishchilarni tarqatib yubordi, ko‘plab talabalar o‘ldirildi. Shu yilning 18-fevral kuni marhumlar hurmatiga diniy guruhlar tomonidan bir nechta shaharda shohga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Politsiya bu safar Tabriz shahrida namoyishlarni qattiqo‘llik bilan bostirdi va yuzdan ortiq odamni otib tashladi. Shunga qaramay, namoyishlar 29-mart va 10-may kunlari yana takrorlandi. Namoyishlar natijasida Eron iqtisodiyoti og‘ir ahvolga tushib qoldi. Mamlakatdagi ko‘plab loyihalar to‘xtab qoldi, maoshlar muzlatib qo‘yildi. Ushbu choralar xalq orasidagi norozilikni yanada kuchaytirdi. Qo‘shimchasiga, ishchilar guruhi talabalar va o‘rta tabaqa vakillari bilan birlashib, shohga qarshi inqilobga qo‘shildi.

    Shohning qulashi

    1978-yilning sentabr oyiga kelib vaziyat izdan chiqdi. Namoyishlar doimiy tus oldi. Shoh mamlakatda harbiy holat e’lon qildi va har qanday namoyishlarni ta’qiqlab qo‘ydi. 8-sentabr, juma kuni Tehronda keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab shoh SAVAK qo‘mondonlarining maslahatlariga qaramasdan, qon to‘kilishidan qochish maqsadida qurolli qarshilik ko‘rsatmaslik to‘g‘risida buyruq berdi. Ammo armiyada ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz va shunga o‘xshash boshqa muqobil qurol bo‘lmaganligi sababli baribir qurol ishlatishga buyruq berishga majbur bo‘ldi. Harbiylar tank, vertolyot va to‘plarni ishga solishga majbur bo‘ldi. Bu kun tarixga “qonli juma” nomi bilan kirdi. Ushbu hodisa mamlakatda shoh tarafdorlari safining kamayishiga olib keldi. Oktabr oyida bo‘lib o‘tgan ommaviy ish tashlash mamlakat iqtisodiyotini falaj holga olib keldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1978-yilgi namoyishlar dekabr oyida cho‘qqisiga chiqdi. Namoyishchilar har kuni o‘qqa tutilishiga qaramasdan, ular kun sayin kuchayib boraverdi. 12-dekabr kuni Tehronda 2 milliondan ortiq odam shoh tuzumiga qarshi namoyishga yig‘ildi. Shoh namoyishchilarga qarata o‘q otishni to‘xtatish haqida buyruq berishga majbur bo‘ldi va Shopur Baxtiyorni bosh vazir qilib tayinladi. Vaziyatni tinchlantirish uchun Shopur Baxtiyor shohga mamlakatni ma’lum vaqtga tark etishni maslahat berdi. 1979-yilning 16-yanvar kuni shoh va uning rafiqasi Niyoravon saroyidan vertolyotda harbiy aeroportga bordi. U yerda uni sodiq tarafdorlaridan qolgan bir necha kishi kutib oldi. Shoh dastlab Misrga, u yerdan esa Marokashga, Marokashdan Amerika qit’asiga uchib ketdi. Keyinchalik Misrga qaytgan shoh jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi va biroz vaqtdan so‘ng vafot etdi.

    Oyatulloh Humayniy hokimiyatni egallashi

    Bu paytda Shopur Baxtiyor SAVAKni tarqatib yuborish va siyosiy mahbuslarni ozod qilish haqida qaror qabul qildi. Hokimiyatda qolish uchun Shopur Fransiyada yashayotgan Humayniy bilan til topishish maqsadida uning tarafdorlari bilan muzokaralar olib bordi. Ammo bu natija bermadi.

    Humayniyning Tehronga kelishi. Foto: Wikipedia

    Humayniyning Tehronga kelishi. Foto: Wikipedia

    Nihoyat, 1-fevral kuni Oyatulloh Tehronga yetib keldi. Uni kutib olish uchun minglab odamlar ko‘chaga chiqdi. Keyin u Behishti Zahro qabristonini ziyorat qildi va o‘sha yerdan turib Eron kelajagi haqida nutq so‘zladi. U o‘ziga qarorgoh qilib Tehron markazidagi Alaviy maktabini tanladi.

    Baxtiyor Shopur hokimiyatini noqonuniy deb topgan Humayniy Muvaqqat hukumat tuzish haqida qaror e’lon qildi. U Mahdi Bozargonni bosh vazir etib tayinladi hamda unga hukumat tarkibini tuzishni topshirdi. Amaldagi bosh vazir Shopur Baxtiyor va Humayniy tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan keyin 11-fevral kuni Oyatulloh Humayniy mamlakatda inqilob g‘alabasini e’lon qildi. Shunday qilib Humayniy hokimiyat tepasiga keldi va Mahdi Bozargon bosh vazir etib tayinlandi. Ushbu sana tarixga Fors imperiyasining tugatilish sanasi sifatida kirdi. Shu kuni inqilob kuchlari televideniye va radioni qo‘lga oldi.

    Shopur Baxtiyor. Foto: Google Photos

    Shopur Baxtiyor. Foto: Google Photos

    Mamlakatda qabul qilingan konstitutsiya bo‘yicha “Oliy rahnamo” mansabi joriy etildi. Unga mamlakat armiyasi va xavfsizlik kuchlarini nazorat qilish hamda mamlakat prezidenti nomzodiga veto qo‘yish huquqi berildi. Faqatgina uning tavsiyasidan o‘tgan nomzodgina saylovda qatnashish huquqiga ega.

    Humayniy “Inqilob yo‘lboshchisi” deb e’lon qilindi.

    Mamlakatda davom etgan tartibsizliklar natijasida ancha zaiflashib qolgan Eron armiyasi yangi tashqi xavf oldida turardi. Ammo bu boshqa mavzu.

    12.02.2019, 17:42   Izoh (0)   54409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Polsha Rossiyani savdo markazini yoqib yuborganlikda aybladi

    Dunyo | 12 may, 08:38

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.