O‘zbekistonlik oshpazlar jamoasi ilk bor 5-xalqaro “Young Chef Olimpiad” olimpiadasida ishtirok etdi, deya xabar beradi “Nuz.uz”.
Musobaqa 29-yanvardan 2-fevralga qadar Hindistonda bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadaning asosiy sovrini 10 ming dollarni qo‘lga kiritish uchun butun dunyodan talaba oshpazlar ishtirok etdi. Turnirning ochilish marosimi Dehlida, Olimpiadaning o‘zi esa Kalkutta, Pune va Bangalor shaharlarida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistondan Oshpazlik san’ati xalqaro markazining ikki nafar oshpazi ishtirok etdi. Ular xalqaro darajadagi bosh oshpaz, murabbiy Ahmadjon Hamdamov hamda uning talabasi Ubaydulla Sultonov.
Milliy jamoa olimpiada mukofotlaridan biri “1-raundning eng yaxshi taomi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ular qisqichbaqali va baliqli hamda vegetarianlar uchun taom tayyorladi.
Bundan tashqari, tanlov davomida jamoa o‘zbek milliy taomlari — osh, somsa va holvaytar taqdim etdi.
Izoh (0)