O‘zbekistonda yil boshidan buyon qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilar soni besh martaga oshib, 35 mingni tashkil etdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Xalqaro press-klub majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
2019-yildan O‘zbekiston soliq qonunchiligiga ko‘plab qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kirtildi.
“Yil boshida QQS to‘lovchilar soni 7 mingni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 35 mingga yetdi. Ulardan 6 mingi — xususiy tadbirkorlar, 29 mingga yaqini — yuridik shaxslar. Tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan tadbirkorlar ariza bo‘yicha QQS to‘lovchisi guvohnomasini oldi. Endi ularning yanvar oyidagi moliyaviy operatsiyalaridan kelib chiqib QQSni hisoblab chiqishimiz va 25-fevralga qadar ularni undirish bo‘yicha choralar ko‘rishimiz lozim”, — dedi Mubin Mirzayev.
Uning so‘zlariga qaraganda, yanvar oyida soliq tushumlari hajmi 5,4 trillion so‘mni tashkil etgan.
Izoh (0)