Rossiyaning Irkutsk shahrida avtobus haydovchisi hushidan ketayotganini sezgan sobiq IIV xodimi zudlik bilan boshqaruvni qo‘lga olgan, deb yozadi “Vesti.ru”
Yana bir yo‘lovchi esa tezlikni kamaytirib, tormozni bosishga yordam bergan. Aks holda hodisa ayanchli yakun topib o‘nlab yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus jiddiy YTHga uchrashi mumkin edi.
Biroq, haydovchi hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan, u tez yordam yetib kelgungcha vafot etgan.
Izoh (0)