Salvadorlik oshpaz Roberto Mendos lotereyada 250 ming dollar yutib oldi, deb yozadi Forum Daily.
Roberto Mendos sobiq prezidentlar Barak Obama, Bill Klinton, Jorj Bush va xalqaro qirollik oilasi a’zolari uchun ovqat tayyorlagan. Yaqin vaqtlargacha u hatto Donald Tramp uchun ham ovqat pishirardi.
Los-Anjelesdagi The Beverly Hills mehmonxonasida ishlagan paytda “Oskar” mukofotini topshirish marosimida ishtirok etgan va yulduzlar ishtirokida o‘tirishlar tashkillashtirgan.
Shimoliy Karolina shtatidagi Sharlottga kelgach, Mendos bosh oshpaz sifatida o‘z faoliyatini davom ettirgan. Bir muncha vaqt o‘zi ochgan restoranga rahbarlik qilgan, hozir esa Sysco Foods Service’da ishlaydi.
Ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritganiga qaramay, Mendos avval hech qachon lotereyada yutmaganini, lotereyalar ishqibozi emasligini aytgan.
Shunga qaramay, mahalliy 7-Eleven’ga borib lotereya sotib olgan va unda 250 ming dollar yutuq chiqqan.
Mendos bu pullarni uyi yo‘q odamlar uchun restoran ochishga sarflashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)