Toshkent viloyatida ikki yosh qiz yo‘qolib qoldi. Bu haqda IIV xabariga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“2-fevral kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, kuni kecha 11:30 da rafiqasi 20 yoshli Sevara Yusufahmedova dugonasi Muxlisa Muzaffarova bilan uning uyidan noma’lum yo‘nalishda chiqib ketib, qaytmaganligini ma’lum qildi”, — deb ta’kidlaydi IIV.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari qidiruv tadbirlarini o‘tkazmoqda. Surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)