Toshkent xalqaro aeroportida 23-yanvar kuni Londondan uchib kelgan asli o‘zbekistonlik model Nadya Nepomnyashaya qo‘lga olingandi.
UzNews nashriga ko‘ra, 31-yanvar kuni u Toshkent shahrining Sergeli tumani migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida xorijga chiqish pasportini olish uchun suratga tushgan.
Nadya o‘zi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan izoh berishni istamagan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Chiqish vizasi bo‘lmagan yoki muddati o‘tgan chiqish vizasi bilan yurgan o‘zbekistonlik fuqaro jinoiy javobgarlikka tortilib, eng kam ish haqining 400 barobarigacha jarima yo 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki qamoq jazosiga tortilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 2019-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda chiqish vizalari bekor qilingan va xorijga chiqish uchun alohida biometrik pasport joriy etilgan. Ushbu pasport hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 10 kun davomida beriladi.
Izoh (0)