Axmet Demir poytaxt markazidagi “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagandi. Turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytardi, deya xabar beradi O‘zA.
— Axmet Demir O‘zbekistonga 30 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish hisobiga poytaxt markazidagi “Chorsu” mehmonxonasini mutlaqo tekinga olgan, — dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev. — Keyinchalik kredit olish uchun O‘zbekistondagi banklarga murojaat qilgan. Ya’ni, u tashqaridan O‘zbekistonga 30 million dollar investitsiya kiritmagan.
Mazkur masalada mutasaddilar yuqoridagi ma’lumotlar bilan cheklandi, xolos. O‘zA muxbirining “Endilikda Axmet Demir talab qilgan qo‘shimcha 3 gektar joy ajratiladimi yoki yo‘q?”, degan savoli esa ochiq qoldi.
Izoh (0)