O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun Career Bridge loyihasi taqdim etilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Career Bridge O‘zbekistonning davlat, xususiy va xalqaro kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotdir. Tadbir joriy yil 16-fevral kuni soat 11:00da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida onlayn videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadi. Unda yosh mutaxassislar O‘zbekistonning davlat va xususiy sektorida ish beruvchilar bilan tanishishi mumkin.
Loyihaning asosiy maqsadi nomzodlar va ish beruvchilar uchun platforma yaratishdan iborat. Videokonferensiyada O‘zbekistonning davlat va xususiy sektorlarida ish beruvchilar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berilishi, shuningdek, yosh mutaxassislarning va kompaniyalarning imkoniyatlari va talablarini aniqlash ko‘zda tutilgan.
Mazkur videokonferensiyada Xitoy, Latviya, Rossiya, Turkiya va Yaponiyaning yetakchi universitetlaridan 2000 dan ortiq bitiruvchi ishtirok etadi.
Izoh (0)