Vankuver orolida kuzatilgan issiq ob-havo gilos daraxtlarining erta gullashiga sabab bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
https://www.instagram.com/p/BtK1Gtwhzw4/?utm_source=ig_embed
Milliy ob-havo ma’lumoti prognoziga ko‘ra, 28-yanvar kuni orolda 7—8 daraja issiq bo‘lgan. Mahalliy aholining aytishicha, ob-havo eng issiq bo‘lgan yilda giloslar fevral oyidan erta gullamaydi. Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, Vankuver orolidagi bunday issiq ob-havo kamida yana bir hafta davomida saqlanib qoladi.
https://www.instagram.com/p/BtMUjC_lFyw/?utm_source=ig_embed
Kanadaning boshqa hududlarida esa daraxtlar gullashiga hali bor. Kvebek, Ontario va Saskachevan provinsiyalarida havo harorati 18-25 darajada sovishi kuzatilmoqda. Ontario provinsiyasida esa yaqinda so‘nggi hafta davomida eng past harorat -47 darajada bo‘lganligi qayd etilgan.
Izoh (0)