O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning 30-yanvardan amalda bo‘ladigan narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bitta oltin tanga 13 700 000 so‘m (o‘tgan haftaga nisbatan 300 ming so‘m qimmatroq), bitta kumush tanga esa — 265 000 so‘m (o‘tgan haftadan 10 ming so‘mga qimmat) narxda sotiladi.
Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
Izoh (0)