Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasida 26-yanvarga o‘tar kechasi yuz bergan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana bir ayol kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Ekopark yaqinida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqidagi xabar kechasi taxminan 2:00 atrofida kelib tushgan.
25 yoshli Ahrorbek ismli haydovchi tomonidan boshqarib ketilayotgan Nexia avtomobili reklama banneri ustuniga borib urilgan. Mashinada uch nafar ayol ham bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida haydovchi va ikki yo‘lovchi ayol hodisa joyida halok bo‘lgan.
Uchinchi yo‘lovchi shifoxonaga olib kelingan, shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholagan.
Yo‘l-transport hodisasining dastlabki sababi — belgilangan tezlikni oshirish. Bu holat esa o‘z navbatida boshqaruvni yo‘qotishga olib kelgan.
Izoh (0)