Xitoy ShHTning yangi bosh kotibi Vladimir Norov tashkilotni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonchi komil va bu borada uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“Xitoy tomoni janob Norov vakolatlari bajarish davomida ShHT davlatlari yetakchilari ishonchiga sazovor bo‘lishi, tashkilot rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishiga ishonadi”, — dedi TIV vakili.
Xua Chunin Shanxay hamkorlik tashkiloti shtab-kvartirasi joylashgan Xitoy Norovning kelishini olqishlashi, bosh kotib va kotibiyat ishida ko‘mak berishda davom etishini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Vladimir Norov joriy yil 1-yanvardan ShHT bosh kotibi vazifasini bajarishga kirishdi.
Izoh (0)