Departamentning Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Jarqo‘rg‘on tuman filiali mutaxassisi S.X. fuqaro U.X.dan uning otasiga tegishli 22 sotix yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 3,6 mln so‘m pullarni xizmat xonasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)