Samarqand shahridagi “Chuqur yo‘l” ko‘chasi achinarli holatda, deb xabar berdi O‘zA.
Ma’lum bo‘lishicha, hududdan o‘tgan ichimlik suv quvuri uch-to‘rt joyidan teshilgan. Buning oqibatida qancha miqdorda suv isrof bo‘lmoqda. Aholining aytishicha, bu holat anchadan beri davom etmoqda.
Yog‘ingarchilik kunlarida bu ko‘chadan o‘tish qiyinlashadi. Ko‘chaning ikki tomonida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va yuvish shoxobchalari ham belgilangan tartib-qoidalarga javob bermaydi.
Xabarda aytilishicha yo‘llarning notekisligi sababli ko‘chaning harakat qismida to‘xtab turgan mashinlar sababli tartibsizlik yanada kuchaymoqda.
Izoh (0)