Gvatemalada yo‘lovchi avtobusida portlash qurilmasi ishga tushirildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Hodisa oqibatida olti kishi yaralangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hammadan ko‘ra 19-yoshli qiz ko‘proq jabrlangan. Xabarda qayd etilishicha, u haydovchidan pul undirish maqsadida uni qo‘rqitgan va qurilmani to‘satdan ishga tushirib yuborgan.
Hukumat qizning biror bir jinoiy guruhga aloqadorligini tekshirmoqda.
Izoh (0)