Germaniya poytaxti Berlinda boshlangan 84-xalqaro “Yashil haftalik — 2019” ko‘rgazmasida O‘zbekiston stendi namoyish etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ko‘rgazmada dunyoning 70 mamlakatidan 1600 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.
O‘zbekiston stendi Tashqi savdo vazirligi va “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
O‘zbekiston pavilonida tabiiy va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, ziravorlar, sharob mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari, shuningdek, milliy taomlar va sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma joriy yilning 27-yanvarigacha davom etadi.
Izoh (0)