• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlik qay darajada yo‘lga qo‘yilgan?

    Mamlakatning iqtisodiy rivojida oilaviy tadbirkorlikning ahamiyati va roli juda muhim. Bugun O‘zbekistonda mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar xususida UzAnalytics.com hikoya qiladi.

    Aholisi 33 million nafardan ortiqni tashkil qiladigan O‘zbekistonda ishsizlik darajasi ancha yuqori. Aksariyat ishchi kuchi mamlakatni tark etib uzoq va yaqin xorijda mehnat migrantlari sifatida oila boqyapti. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy faol aholi o‘rtasida yarim yilda ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil qilgan. Bu yerda iqtisodiy faol aholi (14,6 million) va iqtisodiy nofaol aholi (4,2 million) orasidagi farqqa ham e’tibor qaratish lozim. Hukumat bunday vaziyatning salmoqli yechimi sifatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasini kun tartibiga qo‘ygan. Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun 6 yil avval kuchga kirgan bo‘lsada, hukumat hamon uni takomillashtirish harakatida.

    Avvalgi vaziyat

    (eng kichik biznesning katta muammolari)

    Dastlab mamlakat Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 16 martda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan edi. Ammo u har qancha mukammal bo‘lmasin, kutilgan samara bermadi. Nega? Negaki, uning ijrosi ta’minlanmadi. Oilaviy tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni maqsad qilgan qonun qog‘ozdagina savlat to‘kib turdi.

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Eski qovunchi” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 42 yoshli Abdusattor G‘aniyev UzAnalytics.com saytiga shunday hikoya qiladi:

    – Mening otam bir umr sartaroshlik bilan shug‘ullanib kelgan. Sobiq Ittifoq davrida uyimiz oldiga bir kichkina hujraga o‘xshagan inshoot barpo qilib, o‘z kasbi bilan shug‘ullangan, qishloqdosh va mahalladoshlarning soch-soqolini olib, oila tebratgan. Mustaqillik davri boshlangandan so‘ng, uning faoliyatini tekshir-tekshirlar, hujjat so‘rashlar bezovta qila boshladi. To‘g‘ri, faoliyatning qonuniy bo‘lgani yaxshi. Ammo qonuniy ishlash uchun na hujjat rasmiylashtirib bo‘lardi, na biror yerda malaka oshirib bo‘lardi. Otam ishini yig‘ishtirdi, taksichilikka o‘tib ketdi. 2006 yil men uning ishini davom ettirmoqchi bo‘ldim. O‘nlab idoralarga borib, 30 taga yaqin hujjat yig‘dim. Buning uchun 4 oydan ortiq vaqtim ketdi. Patent olib, sartaroshxonani ta’mirlab ish boshladim. Qani endi bemalol ishlay olsam. Kunda-kunora tekshirish, xali soliq, hali yong‘in boshqarmasi, hali SEN (Sanitariya- epidemialogiya nazorati). Xullas, tishimni tishimga qo‘yib ishladim. Soliq va turli to‘lovlardan ortgan pulga arang oila boqardim.

    Hozir vaziyat qanday?

    – O‘tgan yili katta o‘g‘lim Abduolim kollejni bitirdi, – deya hikoyasini davom ettiradi Abdusattor G‘aniyev. – Ota-bola sartaroshxonani kengaytirdik, oilaviy korxona sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazdik. Xat-hujjatlar bilan o‘g‘limning o‘zi shug‘ullandi. Yosh, o‘qimishli bo‘lgani uchunmi yoki hozir bunaqa yumushlar oson kechadigan bo‘ldimi, xullas tez va qisqa fursatda barcha hujjatlarni taxt qildi. Bankdan kredit olib, qo‘shimcha jixozlar sotib oldik. Nazarimda, tekshir-tekshirlar kamaygandek, ro‘zg‘orimizga ham baraka kirib qoldi. Hozir qizim ham kollejning bitiruvchi kursida. O‘g‘lim singlisiga ham shu sartaroshxonamiz yonidan bir kichikroq tikuv sexi qilib berishni o‘ylab turibdi.

    “Har bir oila –tadbirkor”

    Mamlakat Prezidenti 2018 yil 8 iyun kuni imzolagan “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaror ham oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, har bir oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ishsizlikka barham berishni maqsad qilgan.

    Rejaga ko‘ra, dastur olis, tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasini oshirishga xizmat qilishi kerak. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda ishbilarmonlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatilish belgilangan.

    Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yil 1 aprel holatiga yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 13275 tani tashkil qilgan. Ularning 12695 tasi yoki 95,6 foizi ayni paytda faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Namunaviy tarzda – Andijon viloyati

    Dastur mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda amalga oshiriladi. Hududiy darajada 10 iyundan boshlab namunaviy tarzda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida amalga oshirila boshladi. Andijon mamlakatning aholisi eng zich istiqomat qiladigan hududi hisoblanadi. Tabiiyki, ishsizlik darajasi ham viloyatda ancha baland – 9,9 foiz.

    Hududiy dasturni moliyaviy ta’minlashga xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 mln. AQSh dollari ajratiladi. Mablag‘lar ularning salohiyati, murojaatlarning asoslanganligi, loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Andijon viloyati tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlanadi. Ular, o‘z navbatida, bo‘lajak tadbirkorlarga mablag‘ ajratib beradilar.

    O‘zbekistonning boshqa hududlarida dastur uni amalga oshirishning aniq moliyaviy manbalari va hisob-kitoblarini nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.

    Adliya vazirligi tomonidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlarni ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, imtiyozli kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi. Kreditlar ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo-vositachilikni amalga oshirish, ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish, ma’muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta’minoti, mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov maqsadlari uchun ajratilmaydi.

    Mahalla – tadbirkorlar maskani

    Olib borilayotgan siyosat o‘z so‘zini aytayotgani mamlakatning barcha hududlarida ko‘zga tashlanmoqda. Farg‘ona tumanining Vodil qishlog‘i yoz faslida uzumzor, gulzor, mevazorga aylanadi. Qishloqning Novkent mahallasida bugun o‘ttizdan ziyod xonadon a’zolari hunarmandchilik, kasanachilik, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda.

    – O‘tgan yili 2 sotix yerga issiqxona qurib, 12 tup limon ko‘chati ekdik, – deydi tadbirkor Qobilaxon Madyorova. – Buning uchun bankdan 3,5 million so‘m kredit oldik. Issiqxona chetiga qurilgan katakda tovuq parvarishlayapmiz. Qo‘ni-qo‘shnilarimizni, oila a’zolarimizni tuxumga bo‘lgan talabini qondiryapmiz. Joriy yildan boshlab issiqxonada qo‘ziqorin yetishtiryapmiz.

    Oilaviy tadbirkor G‘ofur Jalilov tovuq kataklarini yasaydi

    Oilaviy tadbirkor G‘ofur Jalilov tovuq kataklarini yasaydi
    Foto: UzAnalytics.com
    Vodiyning yana bir tumani Dang‘ara mahallalarida ham tadbirkor, hunarmand, fermerlikni rivojlantirayotgan oilalar juda ko‘p.

    – To‘laboy Maxalla fuqarolar yig‘inigaga (MFY) qarashli To‘laboy, G‘ishtxona qishloqlarimizda 4435 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi, – dedi tumandagi To‘laboy MFY raisi Iqboljon Usmonov. – 300 dan ortiq xonadonlarda aholi oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Ularning har biri o‘z biznesini, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ular ishsiz yurganlar ayrim yoshlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlashmoqda.

    Nargizaxon Qurbonova xonadonida “Afzal-tekstil” xususiy kichik korxonasi tashkil etdi. Unda 55 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan band bo‘ldi. Chevarlar bolalar, ayol va erkaklar kiyim-kechaklarini tikishadi. O‘ziga yarasha buyurtmachilar bor. Mahalla aholisini sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida Gulnoraxon Mahkamova sut mahsulotlari ishlab chiqarish sexini barpo etdi. Hududdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, savdo do‘konlarini, yakka-yolg‘izlar va kam ta’minlangan oilalarni sut mahsulotiga bo‘lgan talabini qondirilmoqda.

    Dilafruz Jalilova uy-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqaradi

    Dilafruz Jalilova uy-ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqaradi
    Foto:UzAnalytics.com

    – Mahallada ishsiz yurgan yoshlarga imtiyozli 7 foizli kreditlar ajratilib, ular bu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakt qilishmoqda, – deydi MFY mutaxassisi Karima Jumaboyeva.

    Rasmiy hujjatlar nima deydi?

    O‘zbekistonda yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlardan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlar sohani tartibga solib turadi. Dunyodagi taraqqiy etgan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, qaysi davlatda oilaviy tadbirkorlik yaxshi rivojlansa, shu davlat iqtisodiyoti ham yuksalib boraveradi. Masalan, Xitoyda oilaviy tadbirkorlik shu darajada rivojlanganki, ko‘pchilik oilalarda qandaydir mahsulot ishlab chiqariladi yoki xizmat turi mavjud.

    Eng avvalo, oilaviy tadbirkorlik nima degan savolga javob topish kerak. “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunda unga shunday ta’rif berilgan:

    “Oilaviy tadbirkorlik bu oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir. Tadbirkorlikning ushbu yo‘nalishining o‘ziga xos jihatlaridan biri shuki, u o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirish mumkin”.

    Oilaviy tadbirkorlikning bir qator afzalliklari mavjud:

    -oilaviy korxona o‘z mulkiga ega bo‘lishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin;

    -oilaviy korxona ishtirokchilari ustav fondini eng kam ish haqining o‘n baravaridan past bo‘lmagan miqdorda mustaqil belgilashlari mumkin;

    -oilaviy korxona oila yashab turgan turar joyda faoliyat yuritishi va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni shu joyning o‘zida sotishi mumkin.

    Oilaviy tadbirkorlik nega oqsamoqda?

    O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo‘lida to‘liq erkinlik berish, amaliyotda “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan tamoyil asosida islohotlar boshlangan.

    – Mamlakatimizda aynan oilaviy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit va bu orqali yangi ish joylari yaratishga e’tibor ortdi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sohibjon Ismoilov. – Misol uchun, oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadlari uchun o‘tgan yili 367,2 mlrd. so‘m ajratildi. Hozirgi kunda yurtimizda 13 mingdan ortiq oilaviy korxonalar mavjud. Lekin hududlar kesimida o‘rganganimizda, yuridik maqomga ega oilaviy tadbirkorlik subyektlari sonidagi keskin farqlarga guvoh bo‘lamiz. Ayrim hududlarda tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan holda, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar haligacha uchramoqda. Mazkur holatlarga odamlarning oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berilgan qonuniy imtiyozlar hamda qulayliklar haqida yetarlicha tushunchaga ega emasliklari sabab bo‘layapti.

    Oilaviy tadbirkorlik: ko‘proq tadqiqotlar kerak

    Xorijiy tajriba tahlilining ko‘rsatishicha, iqtisodiyotni isloh qilish va aholi daromadlarining yuqori darajasini ta’minlashda oilaviy tadbirkorlikning ahamiyati va roli muhim o‘ringa ega.

    Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlarida kichik biznesning aksariyat qismi oilaviy korxona shaklida ish yuritmoqda. Yevropa davlatlari yalpi milliy mahsulotining 40-50 foizini, Osiyo mamlakatlarida 65 foizdan 82 foizgachasini, Lotin Amerikasida 70 foizga yaqinini oilaviy biznes ishlab chiqaradi. AQSH iqtisodiyotida uning ulushi 95 foizdan ziyod miqdorni tashkil etadi. Iqtisodi rivojlangan ko‘plab mamlakatlarda oilaviy tadbirkorlik sohasidagi tadqiqotlarni olib boruvchi, uning manfaatlarini himoyalovchi va oilaviy korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi borasida tajriba almashish uchun munozara maydonlarini tashkil etuvchi maxsus birlashmalar mavjud. Bunday yondashuv aholini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilishni kengaytirish, oilaviy an’analarni, oilaviy tadbirkorlar sulolasini shakllantirish va rivojlantirish imkonini beradi.

    21.01.2019, 10:10   Izoh (0)   38891
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan bir guruh shaxslar ushlandi. Ular qo‘lga olish chog‘ida faol qarshilik ko‘rsatgan

    21.01.2019, 09:30

    Garvard bitiruvchisi Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi

    21.01.2019, 08:20

    Shavkat Mirziyoyev Berlinda Germaniyada o‘qiyotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

    21.01.2019, 07:50

    Shavkat Mirziyoyev Berlinga yetib keldi (foto)

    20.01.2019, 22:50

    Xorazm viloyati delegatsiyasi Malayziyaga tashrif buyuradi

    20.01.2019, 22:36

    Toshkent viloyatida fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti berish boshlandi

    20.01.2019, 22:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.