Prezidentning 2019-yil 19-yanvardagi farmoni bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni berildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.
60 yoshni qarshi olgan N.Ismoilovning davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali faoliyati, mamlakatda qonun ijodkorligi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, davlat va jamiyat rivojiga oid qonun loyihalarini ishlab chiqish, parlament nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish, aholi bilan bevosita muloqot asosida joylardagi haqiqiy ahvolini chuqur o‘rganish, xalq manfaatlari va farovonligini ta’minlash, keng ko‘lamli islohotlar ijrosini ro‘yobga chiqarish borasidagi xizmatlari munosib baholandi.
Izoh (0)