Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida bedarak yo‘qolgan 8 yashar bolaning jasadi oqava quvurdan topildi. Bu haqda jurnalist Iqboloy Yovmudboyeva ma’lum qildi.
Xo‘jayli tumani Ichki ishlar boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 19-yanvar kuni 2011-yilda tug‘ilgan Xo‘jayli tumani Xo‘jayli shahri “Tao‘sha” ko‘chasida yashovchi A.A. “Antakiya” restoraniga onasi bilan to‘yga borib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Xo‘jayli tumani Ichki ishlar boshqarmasiga 18:30 da xabar berilgan. Tezkor guruh tomonidan voqea joyida qidiruv ishlari o‘tkazilgan.
“Antakiya” restorani kuzatuv kameralarining tasvirlaridan ma’lum bo‘lishicha, A.A. restoran yaqinidagi oqava quvurga tushib ketgan. 19-yanvar kuni kech soat chamasi 23:30 lar atrofida bolaning jasadi quvur ichidan topilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bolakay quvurga sirpanib tushib ketgan.
Ma’lumot uchun, 19-yanvar kuni Qoraqalpog‘istonda qor yoqqan edi. Jarayon bo‘yicha hozirda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)