Magnitogorskdagi fojiada 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik Olamafruz Abdullayevga Rossiya kudo federatsiyasi va Chelyabinsk viloyati kudo federatsiyasi prezidentlari tomonidan tashakkurnoma taqdim etildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
“Har bir soniyada o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda qahraton sovuqda 12 soatdan ortiq vaqt davomida beton vayronalar ostidan odamlarni qutqardi. Alan, sen bilan Rossiya faxrlanadi va mamlakatimizning barcha aholisi minnatdorlik bildiradi”, —deyiladi Chelyabinsk viloyati kudo federatsiyasi prezidenti tashakkurnomasida.
Ushbu yorliqlar Abdullayevga kudo bo‘yicha musobaqaning ochilish marosimida tantanali ravishda topshirildi.
Izoh (0)