Benin qirg‘og‘ida o‘g‘irlangan olti nafar rus dengizchilari uchun qaroqchilar pul talab qildi. Bu haqda “Novaya gazeta” xabar berdi.
Xalqaro transport ishchilar federatsiyasining Rossiyadagi koordinatori Sergey Fishovning so‘zlariga ko‘ra, bunday hollarda muzokaralar odatda Angliyada joylashgan vositachilik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular narxni pasaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishi kerak.
To‘lov miqdori, keyingi aloqa vaqti va dengizchilarning qayerdaligi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida bortida 24 kishi bo‘lgan tashigan MSC Mandy kemasi Benin qirg‘og‘idagi Gvineya ko‘rfazida qaroqchilar hujumiga uchragan. Ular olti kishini qo‘lga olib, qochgan.
Izoh (0)