Kolumbiyaning Bogota shahrida joylashgan politsiya akademiyasida yuz bergan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 21 kishiga yetdi, deb xabar berdi “Interfaks”.
Qurbonlar orasida panamalik erkak, ekvadorlik ayol ham bor.
Portlash oqibatida 68 kishi jarohatlangan.
Avvalroq 10 kishining halok bo‘lgani va 66 kishining jarohatlangani haqida xabar berilgan.
Kolumbiya mudofaa vazirligi hodisani “terakt” deb atagan.
Portlash munosabati bilan Bogota shahrida uch kunlik motam e’lon qilingan.
Kolumbiya bosh prokurori Nestor Umberto Martinesning ma’lum qilishicha, portlashni 56 yoshli Xose Aldemar Roxas sodir etgan. U 1993-yilda ishlab chiqarilgan Nissan pikapini boshqargan. Avtomobilga 80 kilogramm pentolit ortilgan edi.
Izoh (0)