Norfolk grafligi politsiyasi tarqatgan ma’luotlarga ko‘ra, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning yo‘l transport halokatiga uchragan turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filipp rulda mast holda bo‘lmagan. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
“Avariyaga uchragan har bir shaxs organizmida alkogol borligiga tekshiriladi. Mazkur holatda tekshiruv natijalari haydovchining qonida alkogol mavjud bo‘lganligini inkor qildi” — deyiladi politsiya bayonotida.
Qirolichaning turmush o‘rtog‘i YTHga 17-yanvar kuni, kunning ikkinchi yarmida Sandringem pomestiyasi yaqinida, Yelizaveta va turmush o‘rtog‘i qishlaydigan Norfolk grafligida sodir bo‘lgan.
Shahzoda Filippning Land Rover avtomobili chorrahada Kia bilan to‘qnashib ag‘darilib ketgan, ammo unda xavfsizlik yostiqchalari ishlab ketgani bois hech kimga zarar yetmagan. Ikki haydovchi ham kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)