2019-yilning 14-yanvar kuni O‘zbek-German biznes forumi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan Germaniyalik hamkorlar bilan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish sohasida kelishuvlar imzolandi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Germaniya bilan zamonaviy IT-texnologiyalarini joriy qilgan holda, O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini yanada kuchaytirish, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi holatlariga zamonaviy foto-video qayd etish vositalarini joriy qilish borasida germaniyalik hamkorlarning ishtiroki jadallashtiriladi.
Investitsiyaviy loyihani kelgusida yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida AKT vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “O‘zstandart” Agentligi va “ATLAS International” kompaniyalar guruhi tomonidan “O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini foto-video qayd etish avtomatlashtirilgan tizimi” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Kelishuv imzolandi.
Izoh (0)