Mashhur britaniyalik rassom Benksining “Chiqindi idishidagi sevgi” asari birinchi marta keng omma uchun Germaniyadagi Frider Burda zamonaviy san’at muzeyida namoyishga qo‘yiladi. Asar “Qiz va havo shari” asarining Sotheby’s auksionida qisman yo‘q qilinishi natijasida yuzaga kelgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Asarni joriy yilning 5-fevralidan 3-martiga qadar tomosha qilish mumkin, ko‘rgazma simpozium bilan birga bo‘lib o‘tadi.
Ko‘cha san’ati ustasi bo‘lgan Benksining “Qiz va havo shari” asari Londondagi Sotheby’s auksionida bir million funt sterlingga sotilganidan keyin qisman o‘zini yo‘q qilgan.
Izoh (0)