Prezidentning 2019-yil 7-yanvardagi qarori bilan Toshkent shahridagi Amiti universiteti tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Oliy ta’lim muassasasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Universitetning ta’lim faoliyati 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanadi.
Uni tamomlagan bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Amiti universitetining (Hindiston) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Izoh (0)