• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident raisligidagi videoselektorda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Unda hukumat a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari, mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

    Faol investitsiya siyosati – barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishning eng muhim shartlaridan biridir. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019-yil mamlakatda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilindi.

    2019-yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018-yildagiga nisbatan 16 foiz ko‘pdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar bo‘lgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

    Videoselektorda mazkur yirik va muhim loyihalarni o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Qayd etilganidek, xorijiy davlatlar va investorlar bilan faol ish olib borilayotgani natijasida jami investitsiyalarning 25 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el sarmoyalari tashkil etmoqda. Xususan, joriy yilda shunday investitsiyalar ishtirokidagi 320 ta loyiha doirasida 4,2 milliard dollar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

    Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so‘zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Investitsiyalarning asosiy qismini o‘zlashtirishni yilning oxirgi oylariga qoldirish amaliyotiga chek qo‘yib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, to‘qqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi.

    Bu boradagi vazifalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari bo‘yicha tahlil qilindi. Xorijiy investitsiyalar ulushi avvalgi yildagiga nisbatan kamaygan, mablag‘larni o‘zlashtirish sust tashkil etilgan soha va tarmoqlar ko‘rsatib o‘tildi. Yil oxiriga qadar qo‘shimcha sarmoyalarni jalb qilish, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga talab yuqori bo‘lgan soha va hududlarga yo‘naltirish, ushbu resurslarning o‘zlashtirilishini nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga hududiy loyihalarni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

    Shunday ishlar natijasida o‘tgan yili 1 milliard dollardan ziyod investitsiyalar o‘zlashtirilgan, 133 ta yangi korxona ishga tushirilgan. Biroq, hokimlar va ularning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari ishni tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani oqibatida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida ayrim ob’ektlar foydalanishga topshirilmay qolgan.

    Davlat rahbari bu loyihalarda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqish va ijrosini nazoratga olish yuzasidan topshiriq berdi.

    Joriy yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ishtirokida 209 ta hududiy loyiha amalga oshirilib, 1,9 milliard dollar yoki o‘tgan yildagiga nisbatan 2 barobar ko‘p mablag‘ o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Yig‘ilishda shu va mamlakat elchilari ko‘magida shakllantirilgan qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish uchun har bir hududga respublika idoralari rahbarlari mas’ul etib biriktirildi.

    Endilikda hududlar va tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar ko‘lamini kengaytirish, ularni amalga oshirishda qat’iy nazorat mexanizmini o‘rnatish uchun yangi tizim tashkil etilishi ma’lum qilindi. Unga muvofiq:

    birinchi – viloyat hokimlari har haftada bittadan tuman yoki shaharga borib, elchilar bilan aloqa o‘rnatgan holda, u yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi. Xuddi shunday, tarmoq rahbarlari ham har haftada bitta viloyatga borib, o‘sha joydagi korxonalari bilan birga amaldagi loyihalarni bajarish va qo‘shimcha investitsiya loyihalari bo‘yicha ish olib boradi. Bosh vazir va uning o‘rinbosari elchilar ishtirokida hududlar va tarmoqlarga jalb qilingan xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish holatini muntazam muhokama qilib boradi. Natijalariga qarab, hokimlar va tarmoqlar rahbarlari rag‘batlantiriladi yoki ularga nisbatan ish haqining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanadi.

    Hududlarga biriktirilgan respublika idoralari rahbarlari viloyat hokimlari va elchilar bilan birgalikda har bir tuman (shahar)da to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar holatini o‘rganib, ularning ijrosini jadallashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘radi. Shuningdek, qo‘shimcha loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, xorijiy investorlarni jalb qiladi.

    Ikkinchi – Investitsiya qo‘mitasi hududlar va tarmoqlarning investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflarini umumlashtirib, samaradorligini baholaydi va yagona elektron “onlayn” bazani shakllantiradi.

    Uchinchi – Tashqi ishlar vazirligi hamda hududlarga biriktirilgan elchilar yagona elektron bazaga kiritilgan loyihalarga xorijiy investorlarni jalb etadi.

    To‘rtinchi – Vazirlar Mahkamasi saralab olingan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlar bilan tegishli kelishuvlarni rasmiylashtirib, ijrosini nazoratga olish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlaydi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyiha takliflariga investorlarni jalb qilishni yanada faollashtirish uchun har yili barcha hududlarda kamida bir marotaba xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida investitsiya forumlari o‘tkazish, shuningdek, xorijdagi yirik xalqaro investitsiya forumlarida respublikamiz tadbirkorlari ishtirokini ta’minlash zarurligini ta’kidladi. Investitsiya qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligiga joriy yilda hududlarda tashkil etiladigan investitsiya forumlari reja-jadvallarini shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    – Eng muhimi, investitsiya loyihalarini to‘g‘ri joylashtirish kerak. Bu borada investorlarning yagona talabi – loyiha mo‘ljallangan joy zarur infratuzilma tarmoqlariga ega bo‘lishidir. Shuning uchun, kecha urbanizatsiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha Prezident qarorini qabul qildik. Bundan asosiy maqsad – infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bo‘lgan joylarga investorlar jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirishga erishamiz. Sanoat bor joyda ish o‘rinlari va daromad bo‘ladi, uy-joylar va ijtimoiy ob’ektlar, kichik shaharchalar barpo etiladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Videoselektor yig‘ilishida yana bir muhim masala – xorijiy investorlar loyihasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

    Mamlakat tijorat banklari joriy yilda xorijiy banklarning jami 740 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlarini jalb qilishi rejalashtirilgan.

    Yig‘ilishda uzoq muddatli, past foizli to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kredit resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

    To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ishtirokida ishonchli loyihalar portfelini shakllantirib borish tizimini yaratish masalasi ham muhokama qilindi.

    Joriy yilda 84 ta loyiha doirasida xalqaro moliya institutlari va donorlarning 2,7 milliard dollar mablag‘ini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Yig‘ilishda bu loyihalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari kesimida tahlil qilinib, ularni o‘z muddatida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berildi.

    Bundan tashqari, 2 ming 800 ta ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlarini qurish va ta’mirlash rejalashtirilgan. Davlat rahbari xalqning hayot sifatiga daxldor bu masalaga alohida e’tibor qaratib, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, sog‘liqni saqlash obyektlari, yo‘llar, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

    Videoselektorda Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosini tashkil etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va viloyat hokimlarining hisoboti tinglandi.

    08.01.2019, 22:44   Izoh (0)   15490
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zangiotadagi yirik sanatoriy qurilishiga belgiyalik mutaxassis jalb qilinadi

    08.01.2019, 22:00

    O‘zbekistonda 2022-yilgacha 26 ta yangi madaniyat markazi quriladi, 121 tasi ta’mirlanadi

    08.01.2019, 21:20

    O‘zbekistonda tezlashadigan internet, Namanganda uyni yoqib yuborgan bola, qarzga botgan Sergeli dehqon bozori va boshqa muhim xabarlar

    08.01.2019, 21:05

    O‘zbekistondagi Sarmishsoy, Xonbandi, Zarautsoy qoyatosh rasmlari YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritiladi

    08.01.2019, 20:54

    Davlat soliq qo‘mitasi soliq qarzini plastik kartadan undirish haqidagi nizom loyihasini qayta ko‘rib chiqadi

    08.01.2019, 20:41

    Toshkentda 4 kun ichida 20 nafar haydovchi mast holatda mashina boshqarayotganda ushlandi

    08.01.2019, 20:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.