• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12858.15
    • RUB159.71
    • EUR14505.28
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha xalq ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Prezident farmoni loyihasini muhokama etish uchun e’lon qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Mazkur konsepsiyada 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi tasdiqlanishi taklif etilgan. Ushbu hujjat mamlakatda 2030-yilgacha xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

    Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • Uzluksiz ta’lim, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini mazmunini sifat jihatdan yangilash;
    • Ta’lim berish metodlarini takomillashtirish, o‘quv jarayonini individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich amalga oshirish;
    • Xalq ta’limi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda innovatsion loyihalarni joriy etish;
    • Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va budjet mablag‘larini moliyalashtirish samaradorligini oshirish;
    • Yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish.
    Konsepsiya loyihasida ta’kidlanishicha, 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida 9691 ta umumta’lim maktablari (jumladan, ayrim fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha 335 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktablar) mavjud. Ayni vaqtda umumta’lim maktablarida 5,2 milliondan oshiq o‘quvchi, shuningdek 37 ta nodavlat ta’lim muassasasida esa 7,5 mingga yaqin o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda.

    Umumiy ta’limning bir qismi bo‘lgan qo‘shimcha ta’lim bolalarning ijodiy salohiyati hamda qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Mazkur maktabdan tashqari ta’lim 211 ta “Barkamol avlod” ijodiyot markazlarida tashkil etilgan. Ushbu markazlardagi jami 5054 ta turli yo‘nalishdagi to‘garaklarda 140 mingdan ortiq o‘quvchi iqtidori rivojlantirilmoqda.

    Shuningdek, yurtimizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 51 ta mutaxassislik bo‘yicha 1449 ta o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan.

    Bundan tashqari, xalq ta’limi tizimida nogiron bolalar uchun 85 ta ixtisoslashtirilgan maktab va internatlar faoliyat yuritadi. Mazkur muassasalarning 50 tasi aqlida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda 18533 nafar bolalarga ta’lim beriladi.

    Skolioz bilan kasallangan bolalar uchun 21 sanatoriya-internati hamda 9 ta internat maktablari, shu bilan birga surunkali nafas yo‘llari kasalliklari bo‘lgan o‘g‘il-qizlar uchun 12 nafar internat maktablari mavjud.

    Shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor hamda uzoq muddatli davolanishga muhtoj bo‘lgan 10777 nafar o‘quvchi uy sharoitida ta’lim oladi. Tarbiyasi og‘ir bolalar ta’limi ikki muassasada amalga oshiriladi.

    O‘zbekiston Respublikasida 19 mehribonlik uyi va 3 ta bolalar shaharchalari mavjud. Ularda 2441 ta yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘qitilmoqda.

    Konsepsiyada shuningdek, xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolar ko‘rsatilgan. Xususan, mazkur muammolar maktab ma’muriyati tizimida ham mavjud. Jumladan, mahalliy davlat idoralari maktablarga yordam bermasligi ta’kidlangan. Bundan tashqari, davlat ta’lim xizmatlari darajasi aholi talab va takliflariga javob bermaydi.

    Farmon loyihasida umumiy o‘rta ta’limni metodik ta’minlashda kamchiliklar mavjudligi ta’kidlanadi. Darsliklarning muqobil varianti mavjud emas. Maktablarni moddiy-texnik jihozlash va moliyalash tizimida ham muammolar mavjud.

    Alohida ta’kidlash joizki, mazkur konsepsiya xalq ta’lim tizimining rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Hujjatga binoan, taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari ta’lim mazmunini modernizatsiyalaydi. Tarkibiy o‘zgarishlar hamda sifatli ta’limning teng huquqliligini ta’minlaydi.

    Jumladan, konsepsiyada, eng avvalo, kelajakda innovatsion iqtisodiyotni yaratish uchun zarur bo‘lgan kasblarni egallashda asqotadigan chet tillari, informatika, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi sohalarda kompetensiyaviy ta’lim modelini yaratish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim mazmunini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi. Yangi o‘quv standartlari, dasturlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar innovatsion tarzda yaratiladi.

    E’tiborlisi, o‘quvchilarning kasb-hunar tanlashi, professional kasbni egallashi hamda ularni zamonaviy kasblarga tayyorlashda o‘g‘il-qizlarning qobiliyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilishi kutilmoqda.

    Maxsus ta’limni rivojlantirish maqsadida psixologik va pedagogik yordamga muhtoj bolalar ta’limi hamda tarbiyasiga ota-onalarning ham jalb etish belgilangan.

    Shuningdek, o‘qituvchi va rahbarlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida, qolaversa, ularning ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalaridan foydalanishini inobatga olgan holda xalq ta’limida yangi ish haqi tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

    Ta’lim va ishlab chiqarish komplekslari, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida hamkorlik munosabatlari shakllantiriladi. Birgalikda mehnat bozori o‘rganilib, nogiron bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimi yaratiladi, Jumladan, umumiy ta’lim muassasalarida maxsus asbob-uskunalar (ko‘tarish apparatlari, rampalar, tirgak va boshqalar) o‘rnatiladi. Shuningdek, ta’lim muassasalari tegishli inson resurslari (pedagogik defektologlar, bolalarni psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash mutaxassislari) bilan ta’minlanadi.

    Ta’lim yutuqlarini baholashda xalqaro tadqiqot dasturi (PISA) doirasida umumiy o‘rta ta’lim sifatini baholashning milliy tizimi yaratiladi.

    Konsepsiya doirasida umumta’lim muassasalari, ayniqsa olis qishloq hududlarida joylashgan maktablarning ta’lim resurslari ta’minoti sifatini yaxshilash bo‘yicha, shuningdek, barcha ta’lim maskanlarining Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash va o‘quv jarayonini kompyuterlashtirish darajasini oshirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

    Chekka hududlardagi ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar ishining jozibadorligini oshirish uchun sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.

    Endilikda doimiy ravishda nogiron bolalarga ko‘mak beriladi va ular ta’lim muassasalariga qamrab olinadi. Bundan tashqari, nodavlat ta’lim muassasalari tarmog‘i, shuningdek, davlat-xususiy sektori hamkorligida faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalari tarmog‘i kengaytiriladi.

    Mazkur konsepsiyani amalga oshirish natijasida O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida yangi davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari joriy etiladi. Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’limga oid zamonaviy innovatsion hamda iqtisodiyot talablariga javob beruvchi STEAM fanlari yaratiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan islohotlarning barchasi ma’lumotlarni yodlash yoki takrorlashga urg‘u berish uchun emas, aksincha, XXI asrda tanqidiy fikrlash, mustaqil izlanish hamda axborotni tahlil qilish uchun amalga oshiriladi.

    Qolaversa, o‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirish uchun zamonaviy ta’lim texnologiyalari joriy etiladi. Mamlakatimizda Prezident maktablari hamda “Zamonaviy maktablar” tashkil etiladi.

    Xalq ta’limi vazirligi ushbu hujjatning takomillashtirishga hissa qo‘shish uchun barchani, jumladan, tajribali o‘qituvchilarni taklif etadi. Mazkur hujjat loyihasining muhokamasi 2019-yilning 22-yanvarigacha davom etadi.

    08.01.2019, 22:57   Izoh (0)   19143
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident raisligidagi videoselektorda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi

    08.01.2019, 22:44

    Zangiotadagi yirik sanatoriy qurilishiga belgiyalik mutaxassis jalb qilinadi

    08.01.2019, 22:00

    O‘zbekistonda 2022-yilgacha 26 ta yangi madaniyat markazi quriladi, 121 tasi ta’mirlanadi

    08.01.2019, 21:20

    O‘zbekistonda tezlashadigan internet, Namanganda uyni yoqib yuborgan bola, qarzga botgan Sergeli dehqon bozori va boshqa muhim xabarlar

    08.01.2019, 21:05

    O‘zbekistondagi Sarmishsoy, Xonbandi, Zarautsoy qoyatosh rasmlari YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritiladi

    08.01.2019, 20:54

    Davlat soliq qo‘mitasi soliq qarzini plastik kartadan undirish haqidagi nizom loyihasini qayta ko‘rib chiqadi

    08.01.2019, 20:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    O‘zbekiston | 20 may, 00:04

    Toshkentda 1,6 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-taroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:45

    “Rossiya va Ukraina darhol o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilishni boshlaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 may, 23:25

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    O‘zbekiston | 19 may, 23:20

    O‘zbekistonda eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

    O‘zbekiston | 19 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 may, 22:55

    Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashdi. Muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi

    Dunyo | 19 may, 22:46

    Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 19 may, 22:40

    Kambag‘allarga ko‘mak beradi, ammo orzusiga yeta olmaydi: 70 yoshli aktyor Chou Yunfat hozirda qanday ko‘rinishda?

    Kino | 19 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.