Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim 1-fevral kuni iste’foga chiqadi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Jahon banki prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tashkilot bosh direktori Kristalina Georgiyeva tayinlanadi.
Jim Yon Kim Jahon banki prezidenti lavozimiga 2012-yilning 1-iyulida besh yil muddatga saylangan.
Keyinroq, direktorlar kengashi uni guruh prezidenti etib yangi muddatga — 2022-yilgacha qayta saylagan.
Jim Yon Kimning yangi ish joyi noma’lum. Faqatgina shunisi ma’lumki, u rivojlanayotgan mamlakatlarning infratuzilmasiga investitsiya kiritish bo‘yicha kompaniyaga qo‘shiladi.
Izoh (0)