Internet orqali tovarlar sotishga ixtisoslashgan Amazon kompaniyasi kapitallashuv bo‘yicha raqiblarini quvib o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Amazon kapitallashuvi 797 milliard dollarga yetdi va u shu tariqa dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda qayd etilgan Microsoft va Alphabet kompaniyalarining ko‘rsatkichlari tegishli ravishda 784 va 740 milliard dollarga teng bo‘ldi.
Izoh (0)