8-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Allanni qabul qildi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida 2018-yildagi ikki tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi va boshlangan yilda aloqalarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda turli darajada bo‘lajak O‘zbekiston-Buyuk Britaniya uchrashuvlari muddatlari va kun tartibi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)