• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yoymachilar tufayli Asaka dehqon bozori oldidagi ko‘chada yo‘l harakati falaj holatga kelib qolgan (foto)

    Andijon viloyati Asaka tumanining “Baraka” mahallasi aholisidan shikoyat kelib tushdi: “Asaka ko‘chasining bir tarafi to‘sib qo‘yilgan. Shaharning qoq markazidagi bu ko‘chada favqulodda vaziyat bo‘lsa, o‘t o‘chiruvchilar ham, boshqalar ham aylanib, narigi boshidan kirishi kerak bo‘ladi. O‘sha to‘silgan boshida yoyma bozori bo‘lib, yo‘l harakatini falaj va xavfli ahvolga olib kelgan”. Shikoyat yuzasidan jurnalist Umidjon Mamarasulov surishtiruv olib bordi.

    Foto: Rustam Eshonov

    “Ko‘chamizga kiraverishdagi tayyor katta ko‘chani yo‘q qilib, u yerga qandaydir plitkalar yotqizib, favvoralar o‘rnatib, dam oladigan joyga aylantirmoqchi bo‘lishdi. Lekin hozir mashina tugul piyoda o‘tishning ham iloji yo‘q. Shuning uchun bu yer odamlarga juda noqulay bo‘lib qoldi. Ko‘chani asl holiga qaytarilishini butun mahalla aholisi xohlaydi. Mana ko‘ring, hozirgi holatda tez yordam, o‘t o‘chirish mashinalari bu yerdan kirishga juda qiynaladi. Aylanib keladigan bo‘lsa, juda uzoq bo‘lib ketadi. Yetib kelgunicha turli baxtsiz hodisalar bo‘lmaydi, deb kim kafolat beradi. Hech kim. Shuning uchun yo‘lni ilgarigi holatiga keltirib, ochib berishini so‘rab bir necha bor iltimos qilgandik. Ammo natija yo‘q”, — deydi Tolibjon Sodiqov.

    Qizil chiziqda ko‘chani to‘sib savdo qilayotgan savdogarlar egallab olgan joylar ko‘rsatilgan.

    Qizil chiziqda ko‘chani to‘sib savdo qilayotgan savdogarlar egallab olgan joylar ko‘rsatilgan.
    Skrinshot: Google Maps

    “Juda ko‘p harakat qildik, ammo ochilmadi, — deya fikr bildirdi Jumavoy Rayimqulov. — Fuqarolarimizning barchasi berkilganligi uchun qarshi. Ochib berishsa yaxshi bo‘lardi. Mana o‘tgan yili qo‘shnimizning uyi yondi. O‘t o‘chiruvchilar aylanib kelgunicha ko‘p talofat ko‘rdi”.

    Odinaxon Jo‘raboyeva.

    Odinaxon Jo‘raboyeva.
    Foto: Rustam Eshonov

    Asaka ko‘chasi 46-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Odinaxon Jo‘raboyevaning ma’lum qilishicha, bir yil avval uyiga o‘t ketgan. O‘t o‘chiruvchilar yetib aylanib kelguncha katta talafot ko‘rgan. “O‘tgan yilning sentabr oyida tungi soat 1:30 lar atrofida xonadonimizda to‘satdan yong‘in chiqib ketdi, sababini bilmaymiz. O‘t o‘chiruvchilar ko‘cha boshining berkligi sabab ko‘chanining narigi tomonidan aylanib, yetib kelgunicha ko‘p narsamiz yonib bo‘lgan edi. Katta talofat ko‘rganmiz. Bo‘lmasam yong‘in xavfsizligi bo‘limi narigi ko‘chada, ro‘paramizda joylashgan”, — deydi Odinaxon Jo‘raboyeva.

    Alisher Xoliqov.

    Alisher Xoliqov.
    Foto: Rustam Eshonov

    “Bozorimiz qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilganiga ikki oy bo‘ldi, — deydi Asaka dehqon (oziq-ovqat) bozori rahbari Alisher Xoliqov. — Hozirda 690 ta rastamiz bor. Bunda asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish rejalashtirilgan. Lekin rastalar tadbirkorlar ozligi uchun hali to‘lig‘icha shakllangani yo‘q. Tadbirkorlarning ko‘pchiligi buyum bozori va bozordan tashqarida savdo qilmoqda.

    Foto: Rustam Eshonov

    Ularni bozor hududiga olib kirayapmiz. Biroq viloyat hokimi tomonidan joy uchun belgilab berilgan narxlar bo‘yicha badal pullarini olsak, ‘Og‘irlik qilayapti, qimmat tushayapti’ deb ko‘chaga chiqib olyapti. Sababi ko‘chadagi tadbirkorlar tomonidan tashkillashtirilgan joylarda arzongina pul to‘lab, yoki to‘lamasdan hech qanday ruxsatnomasiz, noqonuniy tarzda o‘tirishibdi. Shuning uchun ular bozor hududida o‘tirishni istamayapti.

    Olib kirish bo‘yicha ko‘p marotaba harakat qilingan. Tez kunlarda olib kirib, bozorimiz faoliyatini yo‘lga solib olamiz degan umiddamiz. Yana bir narsa, shu ko‘cha asosiy yo‘l qilib ochilmaguncha tadbirkorlarni olib kirish imkoniyati bo‘lmaydi”.

    Foto: Rustam Eshonov

    “Asaka dehqon (oziq-ovqat) bozoriga kirish yo‘li obodonlashtirish, shuningdek aholiga qulayliklar yaratish maqsadida tuman hokimi Tohir Shovvozovning 2016-yil 20-iyuldagi farmoyishi bilan tadbirkorlarga berilgan (Tohir Shovvozov 2017-yilning iyulida lavozimidan ozod qilingan – tahririyat). Farmoyishda Oydinoy Dadajanova, Rohatoy Egamberdiyeva, Maqsudjon Sobirovlarga belgilangan tartibda har biriga 600 kvadrat metrdan yer maydoniga favvora qurish, atrofini obodonlashtirib, muzqaymoq va salqin ichimliklar sotish joyi tashkil qilishga ruxsat berilgan. Bu yerda savdo qilayotganlar uchun bir necha bor tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borilgan. Shunday bo‘lsa-da, hammasi yana o‘zboshimchalik bilan turib olyapti. Tepadan ‘tadbirkorlarga tegma’ degani uchun birorta chora ko‘rolmaymiz. Shuning uchun ular bilganini qilishmoqda. ‘Davlat ro‘yxatidan o‘t’ desak unamaydi, o‘z bilganidan qolmaydi”, — deydi davlat soliq inspeksiyasi hududiy inspektori Baxtiyorjon Arziyev.

    Asaka tumani hokimining farmoyishi

    “Bu yerga har birimiz kamida 150 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflaganmiz, — deydi tadbirkor Rohatoy Egamberdiyevaning o‘g‘li Avazbek Egamberdiyev. — Ochilishiga tuman hokimining o‘zi kelgan. Avvaliga yaxshigina faoliyat yuritdik. Bozor qurilishi boshlangandan keyin hamma ko‘chada savdo qilishga o‘tib oldi. Bitgach haydasak ham foydasi bo‘lmayapti. Aksincha kechasi do‘konimiz oynasini sindirib qochishyapti. Shundan bezib biror narsa deyolmayapmiz. Bugun bularni haydasangiz, ertaga yoymachi savdogarlar chiqib oladi. Yana tirbandlik, yana bosh og‘riq. Odam biror narsa degani ham cho‘chiydi”.

    Foto: Rustam Eshonov

    “Shu yerda turganlarning barchasining eski bozor o‘rnida joyi bor edi. Meva-sabzavot, oziq-ovqat alohida rastalarga joylashtirilsa yaxshi bo‘lardi. Lekin oziq-ovqat sotishga ruxsat yo‘q deyishmoqda. Buning sababini so‘rasak “Korzinka” do‘koni borligini ro‘kach qilishmoqda. Nima qilishni bilolmay qoldik. Bizga ham ayniqsa kuz-qish kunlarida ko‘chaga chiqib turish yoqmaydi”, – deydi sayilgohni bozorga aylantirgan savdogarlar.

    Foto: Rustam Eshonov

    — Jaloliddin Manguberdi ko‘chamizda transportning ko‘pligidan, Damas’larning turib olishi natijasida odamlarning yurishiga xalaqit bermoqda, — deydi “Baraka” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Muxtasarxon Qosimova. — Bir necha bor tumandagi uyushmalarga murojaat qildik. Reyd tadbirlari o‘tkazildi. O‘n kuncha hammasi joyiga tushib, hozir yana shunday tirbandlik, qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Prezidentimiz aholiga qanchalik yaxshi sharoit yaratib berishiga qaramasdan ular noto‘g‘ri tushuncha bilan yuribdi. Qayda bo‘lsa tirikchilik qilaman, mumkin degan tushunchaga kelib qolgan. Aslini olganda tayyor avtotransportlar uchun joy bo‘lishiga qaramasdan mumkin bo‘lmagan joylarga mashinalarini qo‘yib olishyapti. Xaridorlarning o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda. Avtohalokatlar yuz berishi ham mumkin-ku. Ularga tirikchiligi bo‘lsa bo‘ldi. Boshqalar bilan ishi yo‘q.

    Foto: Rustam Eshonov

    Bozorda o‘rta yerlarda o‘tirib savdo qilayotgan tadbirkorlarda shunaqa tushuncha borki, yerda o‘tirib savdo qilsa yaxshi bo‘ladi. Bular bozor ichiga kirib savdo qilsa o‘ziga ham, aholiga ham yaxshi bo‘ladi, aslida. Chunki turli kasalliklar tarqamaydi. Tayyor joylar qilib qo‘yildi bozor ichida, lekin aholi shu yerlarga kirib savdo qilishni istamayapti. Biz bunga ham bir necha bor chora ko‘rdik. Reyd qilindi, ko‘chma savdo do‘konlari olib tashlandi. Ammo qaysi bir kimsalar shu yerga qaytadan o‘rnashib olmoqda. Prokuraturaga, hokimlikka, kerakli joylarga shu yo‘llarni to‘g‘rilash, tirbandlikni oldini olish bo‘yicha xat chiqarganmiz.

    Odamlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tunnel qilingan, biroq tadbirkorlar u yerga ham narsalarini qo‘yib olib, ko‘pchilikka qiyinchilik tug‘dirmoqda. Natijada bozorga keluvchilar asosiy avtomobil yo‘lidan o‘tishga majbur bo‘lmoqda”.

    Foto: Rustam Eshonov

    Tasvirga olish vaqtida tunnelda savdogarlar narsalarini yig‘ishtirib tunnelni bo‘shatishni boshlagan. “Bo‘larkan-ku, shu yo‘lda ham bemalol yursa”, — deydi yer osti yo‘lidan o‘tayotgan yo‘lovchilar.

    08.01.2019, 14:05   Izoh (0)   35024
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashdi

    08.01.2019, 13:58

    Boriy Alixonov: Tabiat insoniyat yillar davomida yetkazgan ta’sirning javobini qaytarish bosqichida

    08.01.2019, 13:49

    Shuhrat G‘aniyev ayrim hokimlarning xodimlarga qo‘pol munosabati haqidagi savolga javob berdi

    08.01.2019, 12:52

    To‘yiga bir necha kun qolgan yigitga qo‘rqinchli tashxis qo‘yildi — leykoz!

    08.01.2019, 12:40

    TIV O‘zbekistonda qolib ketgan ikki nafar chet el fuqarolari yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

    08.01.2019, 12:29

    Samarqand tumanida 6 gramm opiy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning uyidan ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari chiqdi

    08.01.2019, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Model, xonanda, aktrisa: karyerasini shou-biznesdan boshlagan birinchi xonimlar (foto)

    Shou-biznes | 11 avgust, 09:38

    Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 09:25

    “Manchester Siti” futbolchisi “Everton”ga ijaraga beriladi

    Sport | 11 avgust, 09:18

    Tramp uysizlardan Vashingtonni tark etishni talab qildi

    Dunyo | 11 avgust, 09:13

    Isroil Al-Jazeera telekanalining besh nafar jurnalistini o‘ldirdi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 08:37

    Jomboy tumanidagi zapravka yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:27

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.