Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 7-yanvar, dushanbadan beri Xitoyda maxfiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kim Chen In tushgan poyezd 7-yanvar kuni Danduk stansiyasida chegarani kesib o‘tgan. Bu payt ushbu stansiya Xitoy maxfiy xizmatlari tomonidan harakatlanish uchun yopib qo‘yilgan.
Mamlakatga Xitoy rahbari Si Szinpinning taklifiga binoan kelgan Kim Chen In bu yerda 10-yanvargacha bo‘lishi aytilmoqda. Bu uning bir yilga yetmagan vaqt davomida Xitoyga to‘rtinchi tashrifi.
Izoh (0)