Tojikistonda tibbiyot xodimlarining kasbiy madhiyasi yaratildi. Tibbiyot sohasi xodimlarining mazkur madhiyasi barcha tadbirlarda ijro etilishi kerak. Bu Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Nasim Olimzodaning farmoyishida belgilab qo‘yilgan, deb yozmoqda Asia Plus.
Dushanbedagi xususiy klinikalardan birining direktori Shamsiddin Qurbonov tomonidan ma’lum qilinishicha, madhiyani yaratish g‘oyasi vazirdan chiqqan, Qurbonov esa buni amalga oshirishga yordam bergan.
Madhiyani yaratish uchun bir nechta shoir jalb qilingan. Yakunda Orzu Isoyev tomonidan yozilgan matn tanlangan, musiqani Davroniy Rahmatzod bastalagan. Madhiyaning rasmiy ijrochisi taniqli qo‘shiqchi Valijon Azizov bo‘lgan. Madhiya uchun klip ham ishlangan.
Izoh (0)