Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyada joriy yil 7-yanvardan e’tiboran mamlakatdan chiqish uchun soliq joriy etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Yangi soliqni mamlakatni dengiz yoki havo orqali tark etayotgan fuqarolar va chet elliklar to‘lanishi lozim. Uning qiymati 1000 yapon iyenasi (9,2 dollar atrofida)ni tashkil etadi va u chipta narxiga kiritiladi.

Yaponiya hududini mamlakatga kelganidan keyingi 24 soat ichida tark etadigan tranzit yo‘lovchilar, xorij elchilari, davlat mehmonlari, shuningdek, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar ushbu soliq to‘lovidan ozod qilingan.

Yaponiya hukumati ushbu soliqdan birinchi yilning o‘zida 50 milliard iyena (400 million dollardan sal ko‘proq) pul tushumi bo‘lishiga umid qilmoqda. Ushbu mablag‘ xalqaro aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik 
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi