Turkiya qirg‘oqlari yaqinida yuk kemasi halokatga uchradi, uning bortida 9 nafar Ukraina, 2 nafar Ozarbayjon va 2 nafar Rossiya fuqarolari bo‘lgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Kema Samsundan 80 km masofada halokatga uchragani aytilmoqda, u ikki bo‘lakka ajralib, cho‘kib ketgan.
Rossiya diplomatik missiyasi matbuot kotibi Irina Kasimova so‘zlariga ko‘ra, elchixona qurbonlar orasida rossiyaliklar bor-yo‘qligini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)