Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida Urgut tumani Xujaydug mahallasida yashovchi fuqaro I.D. 43 million so‘mga 1 kilogramm 200 gramm marixuana giyohvand vositasini sotayotgan vaqtda ashyoviy dallilar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)