2018-yilning 23-dekabr kuni fuqaro Y.Ch. Marhamat tumani IIB XPB profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, akasi X.Ch. mahalladoshi Z.M. bilan janjallashganligini ma’lum qiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.
O‘sha kuni kechki soat 19:30 larda tumanning Qushchi MFYda yashovchi Z.M. mahalladoshi X.Ch.dan uning qarindoshi bo‘lgan Sh. ismli ayolning telefon raqamini so‘raydi. X.Ch. hamqishlog‘iga o‘zida Sh.ning nomeri yo‘qligini jahl bilan ta’kidlaydi va o‘sha zahoti ular o‘rtasida janjal yuzaga keladi. X.Ch. o‘z xonadoniga qochib kirib ketib, yashirinishga urinadi. Z.M. uni urmoqchi bo‘lib ortidan quvib, darvozasini taqillatadi. X.Ch. yashash xonadonidan xo‘jalik pichog‘ini olib chiqib, Z.M.ni qo‘rqitib, uyi oldidan haydashga kirishadi va qo‘lidagi pichoq bilan mahalladoshiga og‘ir tan jarohati yetkazadi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)