Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Geyvin Uilyamson Qora dengiz Rossiyaga tegishli emasligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: ATR

Foto: ATR

Vazir bu haqda ukrainalik hamkasbi Stepan Poltorak bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Ular birgalikda Odessa portiga tashrif buyurdi. U yerda avvalroq Britaniya qirollik floti kemasi HMS Echo prichalga bog‘langan edi.

“HMS Echo shu yerdaligining sababi shundaki… biz, birinchi navbatda, Ukraina bilan hamfikr ekanligimizni namoyish etish istagidamiz”, — dedi Uilyamson.

Uning so‘zlariga qaraganda, London, shuningdek, Odessa va boshqa portlarga kirish huquqini ko‘rsatishni istaydi, chunki Qora dengiz “xalqaro” dengiz hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik 
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi