Toshkent viloyatining Chirchiq shahridai janjal pichoqbozlik va bir kishining o‘limi bilan tugadi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
4-yanvar kuni Chirchiqning 9-mikrorayonda yashovchi G.X. ismli ayolning uyida uning rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i R.A tanishi M.D. bilan birga spirtli ichimlik ichgan, ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng ular o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
“Oqibatda R.A. qo‘l-oyoqlari bilan tanishining boshiga urib-tepib jarohat yetkazishi natijasida M.D. voqea joyida vafot etgan”, — deyiladi IIV axborotida.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)