Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov nomiga mamlakat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va faxriylariga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Afg‘oniston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobiddin Temuriy;
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;
Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-polkovnik Ramil Usubov;
Belarus Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-leytenanti Igor Shunevich.
Izoh (0)