Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yil 1-yanvardan boshlab benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bekor qilinib, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan aksiz solig‘i joriy qilindi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 204-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan aksiz solig‘i kiritilmagan holda aniqlanadi.

Shunday qilib, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan aksiz solig‘i summasiga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi